Бу материал ... таржима қилинган
- português - Portuguese
- اردو - Urdu
- Deutsch - German
- Shqip - Albanian
- español - Spanish
- বাংলা - Bengali
- bosanski - Bosnian
- ไทย - Thai
- română - Romanian
- Kiswahili - Swahili
- svenska - Swedish
- Tiếng Việt - Vietnamese
- 한국어 - Korean
- മലയാളം - Malayalam
- हिन्दी - Hindi
- Hausa - Hausa
- ελληνικά - Greek
- Türkçe - Turkish
- 中文 - Chinese
- Bahasa Indonesia - Indonesian
- Wikang Tagalog - Tagalog
- Français - French
- English - English
- አማርኛ - Amharic
- العربية - Arabic
- नेपाली - Nepali
- italiano - Italian
- অসমীয়া - Assamese
Full Description
Faqat yaxlit payg'om
Doktor Noji Ibrohim Arfaj
Bag'ishlovHaqiqatni yurakdan va ixlos bilan izlayotganlarga.Ongli aql egalariga.
Kitob mavzulari
O'qish oldidan savollar
Mavzuning mohiyati haqida
Muqaddas Kitob (Eski ahd)da Alloh tavhidi
Muqaddas Kitob (Yangi ahd)da Alloh tavhidi
Qur'oni Karimdagi Alloh tavhidi
Xotima
So'nggi eslatma
Muallifning boshqa ishlari va kitoblari
O'qish oldidan savollar:
Yaxlit payg'omdan maqsad nima?Muqaddas Kitob yaxlit payg'om haqida nima deydi?Qur'oni Karim yaxlit payg'om haqida nima deydi?Sizning bundan keyingi fikringiz?
Mavzuning mohiyati haqida
Odam alayhissalomdan so'ngra tarix davomida bashariyatga yagona payg'om yetkazildi.Odamlarga ushbu payg'omni eslatish va ularni To'gvri yo'lga qaytarish uchun Yagona va Haq Iloh Odam, Nuh, Ibrohim, Muso, Iyso va Muhammad alayhimus-solatu vas-salomlarni ushbu yagona payg'omni yetkazish uchun yubordi. ﷻ payg'om:Haq iloh — yagonadir. Shu bois Ungagina ibodat qilingiz!Haq va Yagona bo'lgan ilohgina — Ma'buddir!ﷻ Nuh, Ibrohim, Muso, Iyso va Muhammad alayhimus-solatu vas-salomlarni ushbu payg'omni yetkazish uchun yubordi:"Silarning ilohingiz yagonadir va sizlar Ungagina ibodat qilingiz!"Alloh biz bilgan va bilmagan matonatli payg'ambarlarni bir necha vazifani ado etishlari uchun yubordi. Shulardan ba'zilari quyidagilardir:Ilohiy vahiyni qabul qilish va uni o'z qavm va izdoshlariga yetkazish.Odamlarga tavhid-yakkaxudolik va ibodatni Allohga xolis qilishni o'rgatish.Odamlar Alloh sari eltajak yo'llarida o'rnak olishlari uchun qavliy va amaliy namuna bo'lish.Izdoshlarini Allohdan taqvo qilish, Allohga itoat qilib, Allohning farmoyishlariga rioya qilishlariga yo'llash.Izdoshlariga din ahkomlari va g'ozal axloqlarni o'rgatish.Osiylar, budaviy va boshqalarga yo'l ko'rsatish.Odamlarga o'limlaridan so'ngra qayta tirilishlari, Qiyomat kuni qilgan amallariga ko'ra sarhisob qilinishlari, Allohga iymon keltirgan va solih ishlarni qilgan odamning mukofoti jannat, Allohga shirk keltirib, osiy bo'lgan odamning makoni jahannam ekani haqidagi xabarni yetkazish.Mazkur payg'ambar va elchilarni yagona ilohgina yubordi.Koinotdagi barcha narsa Yaratguvchi Allohning borligini tilga olib, Uning yaktoligiga guvohlik berishmoqda.Holbuki, Alloh taolo Koinot va Koinotdagi odamzot, hayvonot va hasharotlarning, o'lim, foniy va mangu hayotning yaratguvchisidir.Yahudiy, nasroniy va musulmonlar qovlidagi muqaddas kitoblar Allohning borligi va yaktoligiga guvohlik berishadi.
Haqiqatni tadqiq qilayotgan odam iloh so'zining ma'nolarini Muqaddas kitob va Qur'onda o'z mavzulari va ihlos bilan o'rganar ekan, Alloh taoloning o'zigagina xos va boshqa soxta tangrilar sherik bo'la olmaydigan nodir sifatlarini ajrata oladi.
Ushbu sifatlarning ba'zilari quyidagilardir:Haqiqiy iloh — Xoliqdir, yaratilgan emasdir.Haqiqiy iloh — sanoqsiz emas yagona va sherigi yo'qdir, ota ham va farzand ham emasdir.Alloh — maxluqotlarning tasavvuridan pok bo'lib, bu dunyoda ko'zlar uni ko'ra olmaydi.Alloh — o'lmas azaliy bo'lib, maxluqotlaridan birontasiga hulul qila olmas va ulardan birida mujassam bo'lmas.Alloh — maxluqotlariga muhtoj bo'lmagan behojat, mustaqil bo'lib, Uning otasi, onasi, rafiqasi va farzandi yo'qdir. ﷻ, taom, sharob va biron kimsaning ko'magiga muhtoj emasdir.Alloh yaratgan maxluqotlar esa, Allohga muhtojdirlar.Alloh buyuklik, kamolot va go'zallik sifatlari bilan sifatlanganki, bu sifatlarda maxluqotlaridan birontasi Unga o'xhsamas va sherik bo'la olmas.Ushbu sifat va me'yorlarni (bulardan boshqa Alloh yakto bo'lgan sifatlarni) soxta tangrilarni yo'q qilish va ulardan voz kechishda iste'mol qilishimiz mumkin.
Kelinglar, endi, yuqorida zikr qilingan "Yaxlit payg'om"ga tadqiq qilish va Muqaddas kitob hamda Allohning yakka ekanini ta'kidlaydigan oyatlardan ayrimlarini iqtibos qilish uchun ortga qaytaman.
Ammo bundan ilgari, men sizlarga ushbu eslatmani aytib qo'ymoqchiman.
Ayrim nasroniylar: Allohning yagona ekani ochiq. Biz ham yagona tangriga ishonamiz. Bu yerda qanday muammo bor?, deb savol berishlari mumkin.
Haqiqat esa, nasroniy dini haqida ko'p o'qiganim, tadqiqotlar olib borganim va nasroniylar bilan birga olib borgan uzoq suhbatlarim natijasida shuni aniq o'rgandim-ki, ular tasavvuridagi "Alloh" quyidagi narsalarni o'z ichiga oladi:Alloh — otadir.Alloh — o'g'ildir.Alloh — Muqaddas ruhdir.Oddiy haqiqat va sog'lom mantiq bu mavzuda izlanayotgan odamni o'sha nasroniylarga quyidagi savollarni berishga undaydi:Sizlar uchta tangriga ishora qilgan bir paytingizda "Alloh — yagonadir!", deyishingizning ma'nosi nima?Alloh uchta narsaga hulul qilganmi yoki uchta bitta zotga hulul qilganmi (ya'ni: 1=3 mi, yoki 3=1 mi)?Bularga qo'shimcha o'laroq, ayrim nasroniylarning e'tiqodlariga ko'ra, bu uch tangrining quyida ochiqlaganimizga muvofiq farqli vazifalari, vujudlari va ko'rinishlari bor:Alloh ota — Yaratguvchidir.Alloh o'g'il — Xaloskordir.Alloh Muqaddas ruh — Maslahatchi (E'zozlangan)dir."Iyso — Allohning o'g'lidir yoki tangridir yoxud tangrining bir bo'lagidir" deya gumon qilish Tavrot va Injil oyatlari qaror qilgan ma'nolarga butunlay ziddir. Chunki ular "Allohni bu dunyoda hech kim ko'ra olmaydi" deya bayon qilganlar."Sizlar Allohning tovushini aslo eshita olmaysizlar va yuzini ko'ra olmaysizlar!".(Yuhanno Injili 5:37)."Uni hech kim hech qachon ko'rmadi va hech kim uni ko'ra olmas!".(Timofeyga birinchi maktub 6:16)"Meni ko'rgan odam tirik qolmaydi".(Chiqish 33:20)
Men bu va bundan boshqa oyatlarga ko'ra rostgo'ylik va omonat bilan shu savolni bermoqchiman: "Iyso — Allohdir!", degan kimsalar bilan, "Allohni hech kim ko'rmagan va tovushini eshitmagan", deya ochiqlagan oyatlar o'rtasini qanday muvofiqlashtira olamiz?
(Iyso alayhissalom payg'ambar bo'lgan davrda) yahudiylar, Iyso alayhissalomning oilasi va Iyso alayhissalom izdoshlari (ayrim nasroniylar "Allohning o'g'li" deb e'tiqod qilishgan) Iyso Masihni ko'rib, uning tovushini eshitmadilarmi?
Tavrot va Injil Alloh taoloni hech kim ko'ra va eshita olmasligini aytsayu, biz, shaxsini ko'rib, tovushuni esitishgan Iyso alayhissalomni Tangri va Tangrining o'g'li deya e'tiqod qilayotgan odamlarni ko'rsak?!
Bu yerda Alloh haqiqatiga taalluqli xufyona sir yo'qmikin?
Albatta, Tavrot, Allohning so'zini keltirar ekan, buning aksini ta'kidlamoqda:"Darhaqiqat, Men — parvardigorman. Bu yerda mendan boshqa iloh yo'qdir. Men sirni gapirmadim va maqsadim ham xufyona emas. ... Darhaqiqat, men — Allohman va haqiqatnigina gapiraman. Men, to'g'ri bo'lgan narsanigina e'lon qilaman".(Isaya 45:19).Unday bo'lsa haqiqat nima?Marhamat qilib, avvalgi oyatnitakror va takror o'qib, bir oz tafakkur qilib ko'ring.
Ushbu kitobchani insofli, mavzuga asoslangan tanqidiy o'qishingiz va oyat va nasslar haqida tafakkur qilganingizdan so'ngra fikr va nuqtai nazaringizga mutanosib keladi degan umidda, keling, birgalashib, Muqaddas kitob va Qur'oni Karimda bayon qilingan Alloh haqidagi tadqiqotimizni boshlaylik!
Mavzularni rioya qilganim bois, dalillarni ta'liqsiz keltiraman va avvaldan aytilgan hukm yoki tasavvurlar bulg'amagan mavzu hamda e'tibor haqida tafakkur qilishingizni umid qilib qolaman.
Muqaddas kitob (Eski ahd)da Haq va Tanho bo'lgan Alloh:
"Ey Isroil, eshit: Ilohimiz bo'lgan Parvardigor — yagona Parvardigordir".(Ikkinchi amrlar 6:4)."Yagona Alloh biz uchun hayot ruhini yaratib, bizga rizq bermadimi?".(Malaxiya 2:15)."Meni bilishingiz va Menga iymon keltirishingiz hamda mening Tangri ekanimni bilishingiz uchun... Mendan avval tangri bo'lmadi, mendan keyin ham tangri bo'lmaydi. Mengina Parvardigorman! Mendan boshqa xaloskor yo'qdir!"(Isaya 43: 10-11).Men Avvalu Oxirman. Mendan boshqa iloh yo'qdir! Menga o'xshagan kimsa bormi?(Isaya 44:6)."Men — Parvardigor va Mendan boshqa iloh yo'q emasmi? (Men) g'amxo'ﷺ va xaloskorman. Bu yerda Mendan boshqasi yo'qdir!".(Isaya 21:45)
Siz bunga o'xshash oyatlarni ham eslay oldingizmi?
Muqaddas kitob (Yangi ahd)da Haq va Tanho bo'lgan Alloh:
Mangu hayot — Seni tanho Haq tangri, Iysoni esa Sen yuborgan Masih deya bilishlaridir".(Yuhanno Injili 17:3)"Alloh — ilohingizga ibodat qilingiz va xizmatlarni Ungagina taqdim etingiz!"(Matto Injili 4:10)."Ey Isroil tingla: Ilohimiz bo'lgan Parvardigor — yagona Parvardigordir. Darhaqiqat, Alloh — yagonadir va Undan boshqasi yo'qdir".(Markos Injili 12: 28-33)."Bas, Alloh — yagonadir. Alloh bilan odamlar o'rtasidagi vositachi ham yagona bo'lib, u — odamzot Iyso Masihdir".(Timofeyga birinchi maktub 5:2)"Odamlardan biri Iysoga kelib: Solih hojam, mangu hayotga erishishim uchun qilishim kerak bo'lgan solih amal nimadir?, deb so'radi. (Iyso) unga: Nega meni "Solih" deya chaqirding? Bu yerda yagona Solih bordir. ﷻ ham bo'lsa Allohdir, deb javob berdi".(Matto Injili 19:16-17 (Qirol Jeyms nusxasi)).
(Matto Injili 4:10).
"Ey Isroil tingla: Ilohimiz bo'lgan Parvardigor — yagona Parvardigordir. Darhaqiqat, Alloh — yagonadir va Undan boshqasi yo'qdir".
(Markos Injili 12: 28-33).
"Bas, Alloh — yagonadir. Alloh bilan odamlar o'rtasidagi vositachi ham yagona bo'lib, u — odamzot Iyso Masihdir".
(Timofeyga birinchi maktub 5:2)
"Odamlardan biri Iysoga kelib: Solih hojam, mangu hayotga erishishim uchun qilishim kerak bo'lgan solih amal nimadir?, deb so'radi. (Iyso) unga: Nega meni "Solih" deya chaqirding? Bu yerda yagona Solih bordir. ﷻ ham bo'lsa Allohdir, deb javob berdi".
(Matto Injili 19:16-17 (Qirol Jeyms nusxasi)).
Siz Alloh taoloning uchta emas,
yagona ekanini ta'kidlagan boshqa oyatlarni ham bilasizmi?
Qur'ondagi yagona va haq bo'lgan Alloh:
((Ayting: ﷻ Alloh — yagonadir. Alloh — behojatdir. ﷻ — tug'magan va tug'ilmagan. Unga biron kimsa teng emasdir)).(113-sura, 1-4).((Mengina ilohman! Bas, menga ibodat qilingiz!)).(21-sura, 25).(("Alloh uchtaning uchinchisidir", deganlar kofir bo'ldilar. Yagona ilohdan boshqa iloh yo'qdir. Agar ular gapirayotgan gaplaridan to'xtamasalar, ichlaridagi kofirlarni alamli azob qamrab oladi))(5-sura, 73).((Darhaqiqat, ilohingiz yagonadir)).(37-sura, 4).((Alloh bilan birga boshqa iloh ham bormi? To'g'ri gapirayotgan bo'lsangizlar hujjatingizni keltiringlar!)).(27-sura, 64).
(113-sura, 1-4).
((Mengina ilohman! Bas, menga ibodat qilingiz!)).
(21-sura, 25).
(("Alloh uchtaning uchinchisidir", deganlar kofir bo'ldilar. Yagona ilohdan boshqa iloh yo'qdir. Agar ular gapirayotgan gaplaridan to'xtamasalar, ichlaridagi kofirlarni alamli azob qamrab oladi))
(5-sura, 73).
((Darhaqiqat, ilohingiz yagonadir)).
(37-sura, 4).
((Alloh bilan birga boshqa iloh ham bormi? To'g'ri gapirayotgan bo'lsangizlar hujjatingizni keltiringlar!)).
(27-sura, 64).
Aslida bu pay'g'ambarlik (yakkaxudolik), Qur'oni Karimdagi asosiy mavzudir.
Xotima
Muqaddas kitob va Qur'oni Karimda bu va bundan boshqa yuzlab dalillar borki, ular Allohning yagona va Undan boshqa iloh yo'q ekanida shubhaga o'rin qolmaganini ta'kidlaydi. Muqaddas kitob shunday deydi:
"Ey Isroil tingla: Ilohimiz bo'lgan Parvardigor — yagona Parvardigordir. Darhaqiqat, Alloh — yagonadir va Undan boshqasi yo'qdir".(Markos Injili 12: 28-33).Qur'oni Karim ushbu haqiqatni quyidagi oyatida keltiradi:((Ayting: ﷻ Alloh — yagonadir)).(113-sura,1).Muqaddas kitob Allohning faqatgina yagona ekanini emas, balki, Uning yagona Yaratguvchi-Xoliq va yagona Xaloskor ekanini ham ta'kidlaydi."Meni bilishingiz va Menga iymon keltirishingiz hamda mening Tangri ekanimni bilishingiz uchun... Mendan avval tangri bo'lmadi, mendan keyin ham tangri bo'lmaydi. Mengina Parvardigorman! Mendan boshqa xaloskor yo'qdir!"(Isaya 43:10-11).
(Markos Injili 12: 28-33).
Qur'oni Karim ushbu haqiqatni quyidagi oyatida keltiradi:
((Ayting: ﷻ Alloh — yagonadir)).
(113-sura,1).
Muqaddas kitob Allohning faqatgina yagona ekanini emas, balki, Uning yagona Yaratguvchi-Xoliq va yagona Xaloskor ekanini ham ta'kidlaydi.
"Meni bilishingiz va Menga iymon keltirishingiz hamda mening Tangri ekanimni bilishingiz uchun... Mendan avval tangri bo'lmadi, mendan keyin ham tangri bo'lmaydi. Mengina Parvardigorman! Mendan boshqa xaloskor yo'qdir!"
(Isaya 43:10-11).
Bundan Iyso yoki Muqaddas ruh yoxud boshqalarning tangriliklari haqida aytilgan gaplarning na asosi va na dalili bordir. Ular Alloh yaratgan maxluqotlar bo'lib, tangrilik xususiyatlari yo'qdir. Ular na tangri va na tangrining tajallisidir va ularda na tangrilik mujassam bo'lgan yoki tangrini shakllagan emaslar.
Muqaddas kitob va Qur'oni Karim eslatganidek, Allohga o'xshagan biron narsa yo'qdir!
Alloh, qilgan zalolatlari va boshqalarga ibodatlari tufayli yahudiylarga g'azab qildi."ﷻ (yahudiy)larga Allohning g'azabi kuchaydi".(Son: 25:3)Va Muso (alayhissalom) yahudiylarning oltin buzog'ini parchalab tashladi.
"ﷻ (yahudiy)larga Allohning g'azabi kuchaydi".
(Son: 25:3)
Va Muso (alayhissalom) yahudiylarning oltin buzog'ini parchalab tashladi.
Boshqa tarafdan esa, yakkaxudolik g'oyalariga e'tiqod qilgan nasroniylar guruhi azob va quvg'inliklarni ko'tarishga majbur bo'ldilar. Chunki ular Allohning yaktoligini qabul qilib, Allohni yakto deya tushungan Iyso alayhissalom ta'limotlarini buzishdan bosh tortgan hamda Polis qo'lida yuzaga kelgan uchlik tangri bid'atini inkor etishgan edilar.
Xullas, Alloh taolo Odam, Nuh, Ibrohim, Muso, Iyso va Muhammad va ulardan boshqa barcha payg'ambarlarni (Alloh ularga salavotu salomlar yo'llasin!) odamlarni Allohga iymon keltirish, tenggi va sherigi bo'lmagan Allohga ibodatni xolis (samimiy) qilish uchun da'vat qilishga yubordi.
Ularning bu yagona payg'omi:
Haq iloh — yagonadir. Shu bois Uning o'zigagina ibodat qilingiz!, edi.
Payg'ambarlar olib kelgan pay'g'om yagona bo'lgani kabi, ularning dinlari ham yagonadir. Unday bo'lsa, u payg'ambar va rasullarning dini qaysi din?!
Ular payg'omlarining asosi Allohga taslim bo'lishga asoslanadi. Bu, arab tilida ayni ma'noni ifoda qilgan "Islom" so'ziga hamohangdir.
Qur'oni Karim Islom Allohning butun payg'ambar va elchilarining haq dini ekanini ta'kidlagan. Bu qur'oniy haqiqatni Muqaddas kitobda ham kuzatish mumkin.
(Inshaalloh, keyingi kitobimizda Muqaddas kitobdagi ushbu haqiqatni bayon qilishga harakat qilamiz).
Xotima o'laroq shuni aytamiz: biz (dunyo va oxirat azobidan) najot topish uchun ushbu payg'omni qabul qilishimiz va unga chin va ixlos bilan iymon keltirishimiz kerak.
Lekin, shunday qilishimizning o'zi yetarli emas!Balki, yana butun payg'ambarlar (jumladan, payg'ambar Muhammad sollallohu alayhi va sallam)ga iymon keltirib, ularning hidoyatiga ergashib, unga amal qilishimiz ham kerak.Shugina baxtli mangu hayot sari yo'ldir.
Balki, yana butun payg'ambarlar (jumladan, payg'ambar Muhammad sollallohu alayhi va sallam)ga iymon keltirib, ularning hidoyatiga ergashib, unga amal qilishimiz ham kerak.
Shugina baxtli mangu hayot sari yo'ldir.
Ey haqiqatni samimiylik bilan izlab, najotni suygan odam, shoyad siz bu haqda fikr qilsangiz, u haqda hozir — qachon kelishi ma'lum bo'lmagan ajaldan ilgari vaqtni qo'ldan boy bermay tushunib ko'rsangiz! Holbuki, o'limning qachon kelishini hech kim bilmaydi!
Idrok etuvchi aql va sodiq qalb bilan ushbu o'ta muhim va qat'iy ish haqida qayta tushunib, fikr qilgandan so'ngra, siz Allohning sheriksiz va farzandsiz yagona ekanini aniq bilib, Uning yolg'iz o'ziga iymon keltirib, ibodat qila olasiz hamda Muhammad ham Nuh, Ibrohim, Muso va Iyso kabi Allohning payg'ambari ekaniga iymon keltirasiz (ishonch hosil qilasiz).
Mana endi siz ham, agar xohlasangiz, ushbu jumlani aytishingiz mumkin:"Allohdan o'zga haq iloh yo'q va Muhammad Allohning payg'ambari, deb guvohlik beraman".
"Allohdan o'zga haq iloh yo'q va Muhammad Allohning payg'ambari, deb guvohlik beraman".
Ushbu jumla baxtli mangu hayot sari bosilgan ilk amaliy odimdir. ﷻ jannat davozalarining haqiqiy kalitidir.
Agar bu yo'ldan yurishga qaror qilgan bo'lsangiz, musulmon do'stingiz yoki musulmon qo'shningiz yoda o'zingizga yaqin masjid yoki Islom markazidan yordam so'rashingiz mumkin. Hatto, men bilan aloqaga chiqishingiz yoki maktublashishingiz men uchun katta baxt (va katta sharaf)dir.
"(Ey Muhammad sollallohu alayhi va sallam), Mening o'z jonlariga (turli gunoh-ma'siyatlar qilish bilan) jinoyat qilgan bandalarimga ayting: «Allohning rahmat-marhamatidan noumid bo'lmangiz! Albatta Alloh (O'zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag'firat qilur. Albatta Uning O'zigina mag'firatli, mehribondir"."Sizlarga azob kelib, so'ngra yordam berilmay qolishidan ilgari (ya'ni, Allohning biron balo-qazosiga duchor bo'lmay turib), Parvardigorlaringizga qaytinglar — Unga bo'yinsuninglar!""Sizlarga o'zlaringiz sezmagan holingizda to'satdan azob kelib qolishidan ilgari Parvardigorlaringiz tomonidan sizlarga nozil qilingan eng go'zal narsa — Qur'onga ergashinglar!"Qur'oni Karim (39-sura, 53-55-oyatlar).
"Sizlarga azob kelib, so'ngra yordam berilmay qolishidan ilgari (ya'ni, Allohning biron balo-qazosiga duchor bo'lmay turib), Parvardigorlaringizga qaytinglar — Unga bo'yinsuninglar!"
"Sizlarga o'zlaringiz sezmagan holingizda to'satdan azob kelib qolishidan ilgari Parvardigorlaringiz tomonidan sizlarga nozil qilingan eng go'zal narsa — Qur'onga ergashinglar!"
Qur'oni Karim (39-sura, 53-55-oyatlar).
Bu yerda boshqa narsa ham bor...
So'nggi eslatma:
Ushbu yagona risolani ongli va tafakkur bilan o'qigan samimiy va jiddiy odam: Haqiqat nima? Xato nima? Qanday amal qilish kerak, deya savol berishi mumkin.Men, inshaalloh, kelgusi kitoblarimda ushbu va boshqa savollarni qalamga olaman.
Men, inshaalloh, kelgusi kitoblarimda ushbu va boshqa savollarni qalamga olaman.
Faqat yaxlit payg'om..................................................................................................................... 1
Kitob mavzulari.............................................................................................................................. 1
O'qish oldidan savollar:................................................................................................................. 1
Muqaddas kitob (Eski ahd)da Haq va Tanho bo'lgan Alloh:............................................................. 2
Muqaddas kitob (Yangi ahd)da Haq va Tanho bo'lgan Alloh:........................................................... 3
Xotima.......................................................................................................................................... 4
So'nggi eslatma:........................................................................................................................... 6